Barcha bloglar
Yangilik13.04.2026Husan Suyunov

Android Authority: Samsung Galaxy S22 Ultra sozlamalari tiklangach «g‘isht»ga aylanib qolmoqda.

Android Authority: Samsung Galaxy S22 Ultra sozlamalari tiklangach «g‘isht»ga aylanib qolmoqda.

Ayrim smartfon egalari Knox tizimi orqali qurilmalari bloklanishiga duch kelishdi: ma’lumotlar o‘chirilgandan so‘ng, smartfon ekranida kutilmaganda noma’lum Numero LLC tashkilotiga tegishli ekanligi yozuvi chiqmoqda.

Bloklash Samsung serverlari tomonidan IMEI orqali amalga oshirilmoqda — qurilmani qayta proshivka qilish yoki sozlamalarini yana tiklash bilan ishga tushirib bo‘lmaydi. Samsung qo‘llab-quvvatlash xizmati hozircha bu muammoni hal qilmayapti.