Yangilik28.02.2026Husan Suyunov
Apple yangi arzon MacBook'ning imkoniyatlarini maksimal darajada cheklaydi — insayderlar bo‘lajak yangi qurilmaning birdaniga 8 ta cheklovini oshkor qilishdi.

Posts are published in Uzbek.
Eng achinarlisi shundaki, noutbuk klaviatura yoritgichi va tezkor quvvatlash funksiyasidan mahrum bo‘ladi. Ekran odatdagidan xiraroq (500 nitdan kam) va True Tone texnologiyasiz bo‘lishi, SSD esa eski modellarga qaraganda sekinroq ishlashi kutilmoqda.
Xotira konfiguratsiyasiga kelsak, faqat 256 va 512 GB hajmli bazaviy versiyalar kutilmoqda — 1 va 2 TB hajmli variantlari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Apple ayrim quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi va o‘zining maxsus xavfsizlik chipini o‘rnatmaydi.
Kutilayotgan narxi — 599 dollardan. Taqdimot 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi.