Barcha loyihalar
Django LMS, PWA, To'lov tizimi

ITC Academy — onlayn IT ta'lim platformasi

Video darslar, testlar, AI yordamchi, coin tizimi va onlayn to'lovlarga ega IT ta'lim platformasi (Django, PWA).

ITC Academy — onlayn IT ta'lim platformasi

Frontend

Backend

itc-academy.uz — IT kasblarini noldan o‘rganish uchun to‘liq onlayn platforma: video darslar, testlar, uy vazifalari, AI yordamchi, o‘yinlar, coin tizimi va sertifikatlar — hammasi bitta joyda.

🔑 Asosiy imkoniyatlar

🎬 Video darslar va amaliy topshiriqlar · 📝 Testlar va uy vazifalari (ustoz tekshiradi) · 🤖 24/7 AI yordamchi (sayt va Telegram bot orqali) · 🪙 Coin tizimi — test, vazifa, kunlik savol va o‘yinlar uchun coin, do‘kon va kurs chegirmalari · 🎓 Sertifikatlar · 👨‍👩‍👧 Ota-ona paneli (davomat va baholar) · 📚 Kutubxona va startaplar bo‘limi.

💳 Pullik kurslar va to‘lovlar

Kurslar bir martalik to‘lov bilan umrbod ochiladi — to‘lovdan keyin kurs avtomatik faollashadi. Click, Payme, Paynet, Uzum, Humo kabi mahalliy to‘lov tizimlari qo‘llab-quvvatlanadi.

📰 Blog va yangiliklar

IT dunyosi yangiliklari, darsliklar va maslahatlar — kategoriyalar, qidiruv, layk va izohlar bilan.

🏗️ Arxitektura

Server-side rendering asosidagi monolit Django ilova. Sahifalar Django shablonlari orqali serverda yig‘iladi, interaktivlik va 3D effektlar esa vanilla JS + GSAP/ScrollTrigger, Lenis va Three.js yordamida qo‘shilgan. Sayt PWA sifatida o‘rnatiladi (service worker), Android (TWA) va desktop ilova ko‘rinishida ham ishlaydi.

Brauzer / PWA / Android (TWA) / Desktop ilova
        │  HTTPS
        ▼
Nginx (reverse proxy + kesh)
        │
        ▼
Phusion Passenger ──► Django (monolit, MVT)
                       ├─ accounts   — ro‘yxat, login, rollar (o‘quvchi/ustoz/ota-ona)
                       ├─ kurslar    — darslar, video, test, vazifa
                       ├─ coin       — mukofot, do‘kon, chegirmalar
                       ├─ blog       — postlar, layk, izohlar
                       ├─ payments   — Click / Payme / Paynet / Uzum
                       └─ AI yordamchi API
        │                         ▲
        ▼                         │
  Ma’lumotlar bazasi       Telegram bot (@itc_academybot)

Xavfsizlik: CSRF himoyasi, X-Frame-Options: DENY, nosniff va XSS sarlavhalari, faqat HTTPS orqali ishlovchi cookie’lar.