Yangilik06.03.2026Husan Suyunov
Apple M5 Pro va M5 Max flagman chiplariga ega MacBook Pro hamda bazaviy M5 chipli MacBook Air modellarini namoyish etdi.

Статьи публикуются на узбекском языке.
Yangi Pro avvalgi avlodga nisbatan vazifalarga qarab 2–4 baravar tezroq ishlaydi. Xotira tezligi oshirilgan. Batareya quvvati 22 soatgacha yetishi va'da qilinmoqda.
Air modeli M4 chipidagi versiyasidan 1,5 baravar kuchaydi. Minimal xotira hajmi 512 GB ga yetdi. Yangi SSD esa ikki baravar tezroq ishlaydi.
Narxlar: MacBook Pro uchun 2200 dollardan, MacBook Air uchun esa 1100 dollardan boshlanadi.