Все статьи
Yangilik21.09.2026Husan Suyunov

⚡️Sun’iy intellekt tufayli Uchinchi jahon urushi boshlanishiga sal qoldi — neyrotarmoq xato qilib, Amerika harbiylariga Xitoy kemasi yadro quroli uchun tarkibiy qismlarni tashiyotgani haqida xabar qildi.

Статьи публикуются на узбекском языке.

Harbiylar darhol samolyotlarni havoga ko‘tarib, kemani to‘xtatib qolishga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi, ammo har ehtimolga qarshi hisobotni qayta tekshirishdi: ma’lum bo‘lishicha, chat-bot kemadagi yukni noto‘g‘ri aniqlagan va soxta hisobot tuzgan.

Agar bu sodir bo‘lganida, dunyo katta urushga duchor bo‘lishi mumkin edi. Eng qizig’i, Amerika armiyasi sun’iy intellektdan barcha darajalarda foydalanmoqda, asosiy muammo, hozirda Pentagonda sun’iy intellektlar taqdim etgan ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha yagona standart mavjud emas. Neyrotarmoqlar ular bilan ishlashga mo‘ljallangan xavfsizlik protokollariga qaraganda ancha tezroq joriy qilinmoqda.