Yangilik23.07.2026Husan Suyunov
Samsung birdaniga uchta “buklanadigan iPhone qotili”ni namoyish etdi: Galaxy Z Fold 8, Galaxy Z Fold 8 Ultra va Galaxy Z Flip 8.

Статьи публикуются на узбекском языке.
• Galaxy Z Fold 8 — korpusi yupqaroq, ichki ekrani 8 dyuymli, yangi Snapdragon 8 Elite chipi va takomillashtirilgan sovutish tizimiga ega yangilangan buklamafon. Narxi 1899 dollardan boshlanadi.
• Galaxy Z Fold 8 Ultra — xotirasi kengaytirilgan, kamerasi 200 MP, S Pen’ni qo‘llab-quvvatlaydigan hamda ishlash va suratlarni tahrirlash uchun kengaytirilgan sun’iy intellekt funksiyalariga ega premium versiya. Narxi 2099 dollardan boshlanadi.
• Galaxy Z Flip 8 — batareyasi sig‘imi kattaroq, yangi protsessorli va buklangan holatda suratga olish imkoniyatlari yaxshilangan buklamafon. Narxi 1199 dollardan boshlanadi.