Новости IT, уроки и советы — из блога ITC Academy, моего YouTube и Telegram-канала.
Статьи публикуются на узбекском языке.

↪ EDU.DIGITAL.UZ
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

⚡️Yangi Lara tarjimoni topildi, u hamma narsani tarjima qila oladi: — Raqobatchilaridan ancha aniqroq; — Uch xil uslubda tarjima qiladi: aniq, adabiy va ijodiy; — Sifatli tarjima uchun iboraga kontekst qo‘shish imkonini beradi; — Hujjatlarni tarjima qila oladi; — Audioqo‘ng‘iroqlarni tarjima qilish imkoniyati bor; — O’zbek tili mavjud; — Bepul foydalanish mumkin va hatto ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola.

👨💻 Apple M5 Pro va M5 Max flagman chiplariga ega MacBook Pro hamda bazaviy M5 chipli MacBook Air modellarini namoyish etdi. Yangi Pro avvalgi avlodga nisbatan vazifalarga qarab 2–4 baravar tezroq ishlaydi. Xotira tezligi oshirilgan. Batareya quvvati 22 soatgacha yetishi va'da qilinmoqda. Air modeli M4 chipidagi versiyasidan 1,5 baravar kuchaydi. Minimal xotira hajmi 512 GB ga yetdi. Yangi SSD esa ikki baravar tezroq ishlaydi. Narxlar: MacBook Pro uchun 2200 dollardan, MacBook Air uchun esa 1100 dollardan boshlanadi.
🚀 ITC Academy rasmiy Telegram boti ishga tushdi! Endi ITC Academy o‘quvchilari uchun barcha kerakli ma’lumotlar yanada qulay va tezkor! Bizning rasmiy Telegram botimiz @itc_academybot endi itc-academy.uz platformasi bilan to‘liq bog‘landi. 🤖 📌 Bot orqali siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin: 🔑 Hisobga kirish kodi olish Platformaga kirish uchun tasdiqlash kodi bot orqali yuboriladi. 📊 Shaxsiy statistika O‘qish jarayonidagi natijalar va faollikni kuzatish imkoniyati. 💳 Balansni tekshirish Shaxsiy hisobingizdagi balans haqida tezkor ma’lumot. 📬 Xabar va bildirishnomalar Platformadagi muhim xabarlar va yangiliklar sizga bot orqali yetib boradi. 📚 Uyga vazifalar va testlar Yangi uyga vazifalar, testlar hamda o‘quv jarayoniga oid yangiliklarni ko‘rib borish. ⚡ Endi barcha o‘quv jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar birgina bot orqali qo‘lingizda! 🤖 Botni ishga tushirish: 👉 @itc_academybot @husanbek_coder
#story

DNS nima? DNS (Domain Name System) — bu internetning telefon kitobi. U domen nomini IP manzilga aylantirib beradi. 📌 Odamlar: google.com ni eslab qoladi 📌 Kompyuterlar esa: 142.250.72.14 bilan ishlaydi 👉 Shu tarjimani DNS bajaradi. ⚙️ DNS qanday ishlaydi? 1️⃣ Brauzerga domen nomi kiritiladi 2️⃣ So‘rov DNS serverga yuboriladi 3️⃣ DNS domenning IP manzilini topadi 4️⃣ Brauzer serverga ulanadi 5️⃣ Sayt ochiladi 🧠 DNS bo‘lmasa nima bo‘ladi? ❌ Domen nomlari ishlamaydi ❌ Har bir saytni IP bilan yozishga to‘g‘ri keladi ❌ Internet ishlatish juda noqulay bo‘ladi 📊 DNS yozuvlari (Records) 🔹 A — Domen → IPv4 🔹 AAAA — Domen → IPv6 🔹 CNAME — Boshqa domen nomiga yo‘naltirish 🔹 MX — Email server 🔹 NS — DNS serverlar 🔹 TXT — Tasdiqlash va xavfsizlik 🛠 Mashhur DNS serverlar 🌍 Google DNS — 8.8.8.8 🌍 Cloudflare — 1.1.1.1 🌍 OpenDNS — 208.67.222.222 📌 Xulosa: DNS — internet ishlashining eng muhim qismlaridan biri. Domen nomlari aynan DNS orqali “tirik” bo‘ladi. https://itc-academy.uz/blog/11/

📱Apple hamyonbop iPhone’ni yangiladi: iPhone 17e'da MagSafe magnitlari va pushti rang paydo bo‘ldi, xotirasi esa endi kamida 256 GB. Undagi yagona kamera hamon 48 MP va eski «qosh» saqlanib qolgan, biroq displeyi endi OLED va tirnalishga 3 baravar chidamliroq shisha o’rnatilgan. AQSh'dagi narxi 599 dollardan boshlanadi. https://itc-academy.uz/blog/10/

#AIYangilik Baidu o‘zining multimodal modeli — ERNIE 5.0 ni yangiladi. Modelda 2,4 trillion parametr mavjud, biroq ularning atigi 3% qismi faollashadi. Neyrotarmoq bir vaqtning o‘zida matn, rasm, audio va videoni o‘qish hamda generatsiya qilish imkoniyatiga ega. Asosiy ustunligi — ERNIE 5.0 raqobatchilarga qaraganda nutqni aniqlash va tovushli sahnalarni tushunishda ancha kuchli. Benchmark natijalariga ko‘ra, u hujjatlar va grafiklarni tushunishda GPT-5 High dan ustun, biroq GPT-5 LiveCodeBench benchmarkida undan ortda qoladi.

↪ IT Park Jizzakh
#Eʼlon #Tanlov * 📣 Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi! “President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir. Tanlov yo‘nalishlari: 🟢Sun’iy intellekt texnologiyalari; 🟢Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar; 🟢Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari; 🟢Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar; 🟢Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari; 🟢Maxsus yo‘nalish – Hakaton. Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: https://awards.gov.uz/login

⚡️Vikipediyani sun’iy intellektda yaratilgan matnlar egallab oldi: muharrirlar generatsiya qilingan kontentga qarshi kurashish uchun hatto alohida loyihani ishga tushirishlariga to’g’ri keldi. Foydalanuvchilar saytni ChatGPT'da generatsiya qilingan tasdiqlanmagan ma’lumotlar bilan to’ldirib tashlashdi. Misol uchun, Usmonlilar imperiyasida mavjud bo’lmagan Amberlisihar qal’asi va qo’ng'izlarning yangi turi haqidagi ma’lumotlar. Eng qizig’i qo’ng’izning tavsifi qisqichbaqalar haqidagi fransuz jurnalidagi maqoladan olingan. Vaziyat shunchalik yomonlashib ketganki — hatto «mualliflardan» biri «ma'lumotlarimning 2022 yil yanvar oyidagi so’nggi yangilanishiga ko’ra» so’zini olib tashlashni ham unutgan.

⚡️Har qanday mavzudagi eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati — ushbu saytda turli vazifalar uchun neyrotarmoqlarning katta reytingli ro’yxati mavjud. Har bir neyrotarmoqning qisqacha tavsifi va kuchli tomonlari yozilgan — eng yaxshi variantni tanlab foydalanish mumkin. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Batafsil: https://itc-blog.uz/post/suniy-intelekt/9/neyrotarmoqlar/

⌚️Bir yigit Apple Watch soatini okeanda yo’qotganidan bir yil o’tib qaytarib oldi. Jared Brik muntazam ravishda dayving bilan shug’ullangan va shong’ish vaqtida soatini tushirib qo’ygan. Jared «Apple Find My» funksiyasini yoqib, qurilmani yo’qolgan deb belgilagan. Oradan bir yil o’tib, boshqa bir g’avvos tasodifan soatni topib oldi va ekranda darhol egasi bilan bog’lanish uchun telefon raqami paydo bo’ldi, soat hali ham ishlayotgan edi. Yigit Jaredga xat yozib, qurilmani yubordi. Apple Watch'ning bundan yaxshiroq reklamasi bo’lmasa kerak :) https://itc-blog.uz/post/yangiliklar/8/apple-watch/